AQSh maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snouden Germaniyada prokuror va sudya Frits Bauer nomidagi mukofotga loyiq deb topildi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
“Snouden inson huquqlariga zid bo‘lgan maxfiy kuzatuvni fosh qilib, katta fuqarolik jasoratini ko‘rsatdi”, — deyiladi Verner Kyop-Kerstin bayonotida. U mukofotni topshiradigan “Insonparvarlik ittifoqi” huquqni muhofaza qilish tashkilotning rahbaridir.
Frits Bauer mukofoti 1968-yildan buyon har ikki yilda bir marta inson huquqlari himoyasi sohasidagi yuksak xizmatlari uchun topshiriladi.
Izoh (0)