Bugun 8-yo‘nalishda harakatlanayotgan “Tatra” tramvayi relsdan chiqib ketdi va beton ustunga borib urildi. Ustun esa Spark avtomobili ustiga qulab tushdi. Halokat natijasida bir necha kishi jarohatlandi. Bu haqda “Noviy vek” nashri respublika ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
Vazirlikdagilarning ta’kidlashicha, tramvay Oqtepa maydonidan Samarqand Darvoza ko‘chasiga qarab harakatlanayotgan bo‘lgan. Muyulishda u relsdan chiqib ketgan.
Tramvay zarbi natijasida qulagan ustun tramvay bilan parallel ravishda harakatlanayotgan Spark avtomobilining orqa qismiga tushgan. Avtomobilda ham jabrlanganlar bor.
Ushbu hodisa bo‘yicha tergov ishlari boshlab yuborildi.
Izoh (0)