Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev birinchi marta “selfi”ga tushdi va Rossiya Federatsiyasi Hukumati uyi liftida olingan ushbu fotosuratni Instagram’ga joyladi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
Medvedevning kecha paydo bo‘lgan ilk “selfi”si hozirgacha deyarli 87 mingta “layk” yig‘ishga ulgurdi.
“400 mingtaga yetgan obunachilarim talablari bilan. Rahmat!” — deya izohladi o‘z fotosuratini bosh vazir.
Suratda hukumat rahbarining lift ko‘zgusidagi aksi iPhone yordamida muhrlangan.
Izoh (0)