30-may, juma kuni Toshkent shahrida jala ko‘rinishida 25,2 millimetr yog‘ingarchilik kuzatildi. May oyi uchun oylik yog‘in me’yori esa 32 millimetrga teng. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Gidrometeorologiya xizmati markazi “Daryo” nashriga ma’lum qildi.
“May oyida bir sutkaning o‘zida 20 millimetr va undan ko‘p yog‘inning ro‘y berishi respublikada o‘rtacha har ikki yilda bir marta kuzatiladi”, — deyishdi mutaxassislar.
Ma’lum bo‘lishicha, 2011-yil 6-may kuni 20 millimetr yog‘in bo‘lgan. May oyida kuzatilgan eng ko‘p yomg‘ir esa 2002-yilda sodir bo‘lgan. O‘shanda bir sutkada 30 millimetr yog‘in yog‘gan.
Izoh (0)