O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Viktor Karpenko, Maksim Shatskix va Ulug‘bek Baqoyev uchun may oyida o‘tkaziladigan Ummon terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini xayrlashuv uchrashuvi bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Bunyodkor” matbuot xizmati xodimi Abror Imomxo‘jayev Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilgan, deb yozadi Uff.uz.
“O‘zbekiston futbol federatsiyasi milliy terma jamoa safida 50 dan ziyod uchrashuvda maydonga tushgan va hozirda termadagi faoliyatini yakunlagan futbolchilar bilan munosib xayrlashishni rejalashtirgan, — deb yozadi Abror Imomxo‘jayev. — Ummon bilan Toshkentda o‘tkaziladigan uchrashuvda Viktor Karpenko, Maksim Shatskix va Ulug‘bek Baqoyev maydonga tushadi va muxlislar olqishi ostida terma jamoa bilan xayrlashish imkoniyatiga ega bo‘ladi!”
Izoh (0)