O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Germaniyaning Myunxen shahrida o‘tkazilayotgan BMW Open by FWU AG an’anaviy xalqaro turnirining yarim finaliga chiqa olmadi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Chorak finalda Istomin dunyoning 111-raketkasi slovakiyalik Martin Klijanga 6:7 (3), 6:1, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuv 1 soatu 49 daqiqa davom etdi.
Izoh (0)