“Vilyarreal” va “Barselona” klublari o‘rtasida Ispaniya chempionati 35-turida kechgan uchrashuvda kataloniyaliklar himoyachisi Daniel Alvesga banan uloqtirildi, deb yozadi Sports.ru.
Ushbu holat uchrashuvda hisob “Vilyarreal” foydasiga 2:1 bo‘lib turgan vaziyatda, Daniel Alves burchak to‘pini amalga oshirayotganda sodir bo‘lgan. Bu o‘rinda Braziliya terma jamoasi futbolchisi chimda yotgan bananni olib yeb qo‘ygan.
O‘yin esa “Barselona”ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
Izoh (0)