21-aprelga qadar “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ini boshqargan Pavel Durov o‘zining ishdan bo‘shatilgani haqidagi xabarni OAVdan eshitgan. U bu xususda ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida ma’lum qilgan.
“Yangiliklarga qaraganda, o‘tgan haftadagi mening ochiq rad javobim natijasida, bugun meni ‘VKontakte’ ijtimoiy tarmog‘i bosh direktori lavozimidan olib tashlashdi. Nima uchundir aksiyadorlarda buni oshkora amalga oshirish uchun jur’at topilmadi; o‘zimning sirli ravishdan ishdan ketganimni OAVdan bilib oldim”, — deb yozadi u.
“Tarmoq direktorlar kengashi bugun ‘kutilmaganda’ mening bosh direktorlik lavozimidan bo‘shamasligim xususidagi arizamni (ular buni qabul qilishgan edi) go‘yoki ‘ba’zi qoidalarga zid ravishda yozilgan’ deb topdi, shuning uchun ham men avtomatik tarzda o‘z lavozimimdan olib tashlandim”, — deya ta’kidladi Durov. Uning aytishicha, “VKontakte” tarmog‘i endi Igor Sechin va Alisher Usmonovlarning to‘liq nazoratiga o‘tadi.
Durov 3-aprel kuni o‘zining ishdan bo‘shash haqidagi arizasi haqida so‘zlar ekan ekan, ariza 1-aprel hazili ekanligini e’tirof etib, ijtimoiy tarmoqda “Meni haqiqatdan o‘z xohishimga binoan ishdan ketdi, deb hisoblagan barchani o‘tgan bayram bilan qutlayman”, — deb yozgan.
2014-yilning 24-yanvarida ma’lum bo‘lishicha, Durov o‘z aksiyalarini “Megafon” bosh direktori, YuTV xoldingi egalaridan biri Ivan Tavringa sotib yuborgan. Bundan sal avval esa “VKontakte” tarmog‘i vitse-prezidenti Ilya Perekopskiy va uning akasi — kompaniyaning moliyaviy direktori lavozimida ishlagan Igor ishdan ketgan edi.
Izoh (0)