O‘zbekistondagi milliy aloqa operatori “O‘zbektelekom” AK may oyida GSM-900-1800 standartidagi uyali tarmog‘ini yaratish uchun uskuna yetkazib berish bo‘yicha ilk tenderlarni e’lon qiladi. Bu haqda “Noviy vek” xabar berdi.
Tenderlar “O‘zmobayl” filiali bazasida milliy mobil aloqa operatori yaratish doirasida o‘tkaziladi.
Aprel oxirigacha loyihaning texnik-iqtisodiy asosi tayyor bo‘ladi va moliyalashtirish manbalari aniqlanadi.
Bundan avval 2018-yilgacha “O‘zbеktеlеkom” аksiyadorlik kompaniyasining Uzmobile filiali negizida milliy mobil aloqa operatori tashkil etishi xabar berilgan edi.
Milliy operator tarmog‘ini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar jadvalida 2014-yil mobaynida 1020 tayanch stansiyalari, radiorele jihozining 500 komplekti, hamda 2 million raqamga mo‘ljallangan kommutatsiya stansiyasi va billing tizimini o‘rnatish orqali uyali aloqa bilan Toshkent shahrini qoplash ko‘zda tutilgan.
2015-yilda milliy operator tarmog‘i bilan barcha viloyatlar markazlari, 2017-yil davomida esa respublikaning barcha aholi puktlarini qoplash rejalashtirilgan.
Izoh (0)