Bortida 450 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bo‘lgan parom Koreya Respublikasining janubi-g‘arbiy qirg‘oqlarida ag‘darilib ketdi. Yo‘lovchilarning ko‘pchiligi — jami 320 nafari Chejudo kurort oroliga sayohat qilayotgan maktab o‘quvchilari bo‘lgan. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar qurbonning jasadini Janubiy Koreya sohillaridan topgan.
Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe halokatga uchragan kema yo‘lovchi va ekipaj a’zolarini qutqarish uchun bor kuch va vositalarni ishga solish haqida buyruq berdi. Qutqaruv operatsiyasiga sohil qutqaruv xizmatining kater va vertolyotlar ekipajlari, HDK kemalari jalb etiladi.
Yo‘lovchilarning 338 nafarini qutqarishga erishildi. Kema bir tomonga qarab og‘ib qolgan, biroq hali cho‘kib ketmagan.
Parom Sariq dengizdagi Inchxon portini seshanba kuni tark etgan va bugun Chejudo orolidagi portga kirib borishi kerak edi. 6825 tonnalik suv sig‘imiga ega kema Toshkent vaqti bilan 04:58 da halokat signalini uzatgan. Ayni paytda u Penpundo orolidan 20 km masofada turibdi.
Izoh (0)