O‘zbekiston milliy terma jamoasi 27- hamda 29-may kunlari Toshkentda Ummon terma jamoasiga qarshi ikki o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan rasman tasdiqlandi. Bu masala 4-aprel kuni o‘tkazilgan O‘FF Ijroqo‘m yig‘ilishida hal etildi. Bu haqda federatsiyaning Twitter’dagi sahifasida xabar berilgan, deb yozadi Uff.uz.
Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3-sentabr kuni Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Bu o‘yin ham Toshkentda o‘tkazilishi ma’lum qilingan, deb yoziladi xabarda.
Шунингдек, Ўзбекистон миллий терма жамоаси 3 сентябрь куни Иорданияга қарши ўртоқлик ўйинини ўтказади. Бу ўйин ҳам Тошкентда ўтказилади.
— O‘zbekiston FA (@UzbekistanFA) April 8, 2014
O‘FF Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonovning so‘zlariga ko‘ra, milliy terma jamoa oktabr oyida ham ikkita o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Dastlab 6-oktabr kuni Doxada Qatar, 10-oktabr kuni esa Baxrayn terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)