2-aprel kuni “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasidagi o‘zining 100-o‘yinini o‘tkazishi mumkin. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.
Madrid klubi Chempionlar ligasi chorak final bosqichida “Borussiya” bilan kuch sinashadi. Agar Krishtianu Ronaldu ushbu o‘yinda ishtirok etsa, u Chempionlar ligasida 100 bor maydonga tushgan 21-futbolchiga aylanadi. Undan oldin faqat birgina portugaliyalik futbolchi – Luish Figu Yevropaning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnirida 103 ta o‘yin o‘tkazgan.
Shuningdek, faqatgina Tyerri Anri va Zlatan Ibrohimovich o‘zlarining Chempionlar ligasidagi 100-o‘yinlarida to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” hujumchisi Lionel Messi 1-aprel kuni Chempionlar ligasi chorak finalida karyerasidagi 500-o‘yinni o‘tkazdi.
Izoh (0)