• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar

    Ishga joylashishning oson yo‘li bor!

    Ishonmaysizmi? Bu yo‘l — savodli rezyume tuzish va o‘zini ko‘rsata bilish!

    Kompaniyamizga bir oyda yuzlab rezyumelar, ish borasida elektron maktublar kelib tushadi. Afsuski, ularning aksariyatini noto‘g‘ri to‘ldirilgan rezyumelar, xatolarga boy xatlar tashkil qiladi.

    Bir narsani tushunib yeting — ish bozori ham bozor! O‘zini aqlli, bilimdon, chaqqon ko‘rsatganlar ishini tez topadi, noni but bo‘ladi. Ikki qator gap yozishga erinib, ish beruvchiga yuborayotgan xat mavzusi “salom” bo‘lsa, bunday xodim, ming aqlli bo‘lmasin, hech kimga kerak emas. Birinchi navbatda siz o‘z bilimlaringiz, tajribangizni ko‘rsatib berishingiz kerak.

    Siz aqlli va jonkuyarmisiz? Ish beruvchi nazariga tushmoqchimisiz? U holda bizning maslahatlarimizga quloq tuting.

    Birinchi qadam: vakansiyani sinchiklab o‘qib chiqing

    O‘zingizga savol bering: shu ish sizga qiziqmi? Shunday ish bilan shug‘ullanishni xohlaysizmi? Agar javobingiz ijobiy bo‘lsa, vakansiyani sinchiklab o‘qib chiqing, nima ish haqida gap ketayotgani to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ling.

    Birinchi bo‘lib oylikka qaramang! Hali hech narsani ko‘rsatmay turib, bir narsani qoyil qilmay turib, oylik haqida hatto o‘ylashingizning o‘zi noto‘g‘ri.

    Agar vakansiya bo‘yicha savollaringizga e’londan javob topa olmasangiz, unda ko‘rsatilgan telefonga qo‘ng‘iroq qilib yoki email manziliga maktub jo‘natib, batafsilroq ma’lumot olishga uyalmang.

    Taklif qilinayotgan ish, ishxonaning joylashgan joyi sizga to‘g‘ri kelsa, vakansiyada ko‘rsatilgan talablarga javob bersangiz, rezyume tayyorlang.

    Ikkinchi qadam: rezyume

    Rezyume nima o‘zi? Bu so‘zni barcha ishga kirmoqchi bo‘lgan kishi bilishi kerak.

    Rezyume — o‘zingiz haqida qisqacha ma’lumot. Bu avtobiografiya ham, insho ham emas. Odatda jadval ko‘rinishida bo‘ladigan bir varaq hujjat.

    Hujjatda o‘z haqingizda (tug‘ilgan yil, joy va h.k.), olgan bilimingiz haqida (qayerda va qachon o‘qigansiz), avval ishlagan bo‘lsangiz, ishlagan joyingiz haqida (qachon, qayerda, qanday lavozimda, nima ishlar qilgansiz) qisqacha ma’lumot bering.

    Rezyume namunasi

    Rezyume namunasi

    Davlat idoralari haqida bilmadim-ku, ammo bizning kompaniyaga o‘xshash yosh korxonalarga ota-onangiz, ularning qayerda ishlashlari va boshqa ma’lumotlar kerak emas.

    Rezyume — bu ish beruvchiga siz haqingizda dastlabki ma’lumotni beruvchi hujjat. Ish beruvchida ijobiy birinchi taassurot qoldirsangiz, ishingiz o‘ngidan keladi, buni unutmang. Shu sababli rezyumega katta ahamiyat bering.

    Rezyume faylini ish beruvchiga tushunarli qilib nomlang. Masalan, anvar-sodiqov-rezyume.doc. Agar faylni rezyume.doc deb nomlasangiz, rezyumengiz shunday nomlangan boshqa fayllar orasida yo‘qolib ketish ehtimoli bor.

    Rezyume namunasini yuklab oling

    Uchinchi qadam: ish beruvchiga maktub

    Bugungi internet olamida hech kim qog‘ozli maktublardan foydalanmasa kerak. Shu sababli rezyumengizni kompyuterda tayyorlab, uni elektron pochta orqali jo‘natish kerak.

    Rezyumeni jo‘natish uchun quruq maktub va unga biriktirilgan rezyume fayli kifoya emas. Sizni ishga qabul qilishlarini xohlasangiz, rezyumengizga qo‘shib chiroyli (elektron) maktub yozing.

    Xat mavzusida o‘z ism-sharifingiz va qaysi vakansiyaga rezyume topshirayotganingiz haqida ma’lumot bering. Masalan: “Anvar Sodiqovdan Internet-jurnalist vakansiyasiga rezyume”

    Avval salom, ba’daz kalom, deb bejiz aytmagan dono xalqimiz. Shuning uchun ham maktubni assalomdan boshlang.

    Keyingi xatboshida ismingiz nimaligi, qaysi lavozimga ishga kirmoqchiligingiz va vakansiya haqida qayerdan ma’lumot olganingiz haqida yozing.

    Maktubni esa xatni qabul qilib oluvchi kishiga nisbatan hurmat bildirgan holda yakunlang.

    Ish beruvchiga yuboriladigan email namunasi. Ushbu emailga rezyumengizni biriktirishni unutmang

    Ish beruvchiga yuboriladigan email namunasi. Ushbu emailga rezyumengizni biriktirishni unutmang

    Sizga hech kim javob qaytarmadimi?

    Rezyume jo‘natganingizga ikki hafta bo‘ldi, ammo ish beruvchidan darak yo‘qmi? U holda yana bir qisqa email orqali undan rezyumengiz ko‘rib chiqilgan-chiqilmagani haqida so‘rang.

    Ish beruvchilarga ko‘p rezyumelar kelgani bois, sizga javob bermasligi yoki kech javob berishi mumkin. Ammo, agar sizning rezyumengiz savodli tuzilgan bo‘lsa, unga albatta javob berishadi va suhbatga chaqirishadi.

    Aytmoqchi, rezyumengizda ko‘rsatilgan telefoningiz doimo aloqada bo‘lishiga harakat qiling, email manzilingizni tez-tez tekshirib turing.

    Xulosa

    Yuqorida bergan maslahatlarimizga rioya qilsangiz, sizni 100% ishga olishadi degani emas. Ammo, savodli rezyumeni ko‘rgan kadrlar bo‘limi xodimining boshqa kishini emas, balki aynan sizni ishga olish ehtimoli ortadi.

    Ishga kirish haqida yana savollaringiz bo‘lsa quyida ularni bering va biz javob qaytarishga harakat qilamiz.

    Ishlaringizga rivoj! ;)

    24.06.2013, 15:04   Izoh (1)   210584
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. xusnorashermetova485@gmail.com / 14.08.2024, 16:41

      Rezyume yaratish kerakmi

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “AQSH harbiylari mamlakatga kiritilmaydi” — Meksika prezidenti

    Dunyo | 9 avgust, 18:15

    O‘zbekiston Ozarbayjon—Armaniston tinchlik kelishuvini olqishladi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 17:46

    Ekspert Habib va Konor o‘rtasidagi revansh jang nega o‘tkazilmaganini ochiqladi

    Sport | 9 avgust, 17:45

    “Kalmar o‘yini” qanday suratga olingan: mashhur serialning yaratilish tarixi haqida

    Kino | 9 avgust, 17:40

    O‘zbekistonda ish izlash va xodim topish uchun maxsus portal yaratiladi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 17:39

    “Chaqmoq Makvin” qaytmoqda: Disney mashhur multfilm asosida yangi serial suratga oladi

    Kino | 9 avgust, 16:55

    Surxondaryoda tanishining behayo videolarini tarqatish bilan shantaj qilgan erkak qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 16:40

    “Hushimdan ketdim, hatto tez yordam chaqirmagan” — Qarshida IIB xodimi homilador ayolni kaltaklagan bo‘lishi mumkin (video)

    O‘zbekiston | 9 avgust, 16:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.