O‘zbekistondagi eng zo‘r*, eng quvnoq va eng faol kompaniyada ishlashni xohlaysizmi? Dunyo va O‘zbekistondagi so‘nggi yangiliklarni o‘z tengqurlaringizga muntazam yetkazishni-chi?

U holda:
  • Saytimizda imloviy yoki punktuatsion xato toping;
  • Rezyumengizni tayyorlang (rezyume nima?)
  • va quyidagi forma orqali topilgan xato va rezyumengizni bizga jo‘nating
Rezyumengiz
Fayl tanlanmagan
Bizda:
  • Oylik: 600—800 ming so‘m va undan yuqori;
  • Yangi, zamonaviy kompyuter;
  • Yosh, qiziqarli, xushchaqchaq jamoa;
  • Bepul, mazali tushlik (bay-bay-bay);
  • Ofisimiz shaharning qoq markazida (“Bunyodkor” metrosi yonginasida);
  • Tez-tez o‘tkaziladigan bayram va tadbirlar;
  • Rasmiy mehnat shartnomasi.
Vazifalaringiz:
  • “Daryo” internet-nashri uchun xabar va mualliflik maqolalari yozish;
  • Facebook, Twitter, “Odnoklassniki” va “Muloqot”dagi “Daryo” guruhlarini o‘zbek tilida yuritish;
  • va boshqa internet-jurnalistikaga bog‘liq vazifalar.
Sizga qo‘yiladigan talablar:
  • O‘zbek va rus (yoki ingliz) tillarini mukammal bilish;
  • Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvini mukammal bilish;
  • Yoshingiz: 20 dan 30 gacha;
  • Oliy ma’lumot (universitetni bitirgan bo‘lishingiz kerak);
  • Kompyuterda bemalol ishlash;
  • Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati propiskasi (vaqtincha propiska ham bo‘lishi mumkin).