Rossiyaning Astraxan viloyatida yo‘lovchi poyezdidan 52 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda Rossiya Janubiy transport tergov boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Inter Volgograd

Tergov ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yilning 7-sentabr kuni soat 2:30 larda Astraxan viloyatining Oqsaroy stansiyasida Toshkent—Volgograd yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdidan 1967-yilda yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik erkakning jasadi topilgan. Tekshiruv o‘tkazilganda uning tanasida kuch bilan o‘ldirish alomatlari aniqlanmagan.

Ayni vaqtda voqea joyida tekshiruv o‘tkazilib, guvohlar so‘roq qilingan. Holat bo‘yicha surishtiruv o‘tkazilmoqda.