Tailand turizm vazirligi shu yil may oyida e’lon qilingan sayyohlik solig‘i joriy etilishini to‘xtatib turishga qaror qildi.

Foto: “RIA Novosti”

Tushumlari ko‘p tashrif buyuriladigan turistik obyektlarni saqlashga sarflanadigan yangi soliq va sayyohlarning baxtsiz hodisalardan majburiy sug‘urtasi xorijliklardan 2019-yil oxiri — 2020-yil boshidan boshlab undirilishi ko‘zda tutilgandi.

Biroq 2019-yil o‘rtasida kuzatilgan turizm sektoridagi pasayish, xususan, Xitoydan sayyohlar oqimi kamaygani (oxirgi bir necha oyda 3 foizga) mamlakat rasmiylarini yangi soliq joriy etishni to‘xatib turishga majbur qildi.

Turizm sektoridagi pasayishning asosiy sababi sifatida Tailand milliy valyutasining qiymati oshib borayotgani ko‘rilmoqda. Mamlakatda yarim yildan beri almashuv kursi 1 AQSh dollari uchun 31—30 batni tashkil etmoqda.