O‘zbekistonda 2019-yilda sirtqi va kechki ta’limda o‘qiydigan talabalarning kontrakti 35-40 foizga kamaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus vazirligi vakillari 10-sentabr kuni jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ma’lum qilgan.

Foto: Reuters

“Masalan, sirtqi va kechki ta’limda o‘tgan yili 9 million so‘m bo‘lgan kontraktlar bu yil 6,3 million so‘m etib belgilandi”, — deb yozmoqda “Xushnudbek.uz”.

Shuningdek, superkontraktni ham ikkiga bo‘lib to‘lash mumkin bo‘ladi. Lekin hozircha superkontrakt narxlari va qo‘shimcha tartibi tasdiqlanmagan.

“Superkontraktni to‘lash tartibini yengillashtirish bilan bog‘liq loyihalar ishlab chiqilayotgani uchun hujjat kechikmoqda. Hukumat tomonidan tasdiqlangach, tez orada e’lon qilinishini aytildi”, — deb qo‘shimcha qilgan Xushnudbek Xudoyberdiyev.