Niderlandiyaning Dordrext shahrida otishma yuz berdi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi og‘ir yaralangan, deya xabar bermoqda Rotterdam politsiyasi.

Nos kanali ma’lumotlariga ko‘ra, otishma turar joy binosida yuz bergan. Halok bo‘lganlarning biri erkak, qolgan ikkisi bolalar, ayol yaralangan.

Algemeen Dagblad nashrining hodisa yuz bergan uy qo‘shnilariga asoslanib xabar berishicha, halok bo‘lgan erkak va jabrlanuvchi ayol ajrashgan edi. Qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, hodisaga oilaviy janjal sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

De Telegraaf nashri hech bir manbaga asoslanmay, halok bo‘lgan shaxs politsiyachi bo‘lganini yozmoqda. Taxminlarga ko‘ra, u avval otishma keltirib chiqarib, so‘ng o‘z joniga qasd qilgan.