Klaus Littmann ismli rassom Klagenfurtdagi stadionni Avstriyaning eng yirik ommaviy san’at inshootiga aylantirdi, deb xabar beradi TJournal.

Foto: TJournal

Maks Peyntnerning qalamda chizgan “tabiatga cheksiz jalb qilish” surati uning uchun ilhom manbasi bo‘lib xizmat qildi. Ushbu suratda o‘rmon ko‘rgazma obyekti sifatida tasvirlangan.

Foto: TJournal

Rasmning g‘oyasi tabiatning tabiiy holatida nozikligini eslatish edi.

Littman, shuningdek, o‘z loyihasini “Tabiat biz uchun maxsus ajratilgan joylarda ham topilishi mumkin” degan ogohlantirish sifatida ko‘radi.

Vyorterze-Shtadion futbol stadionida rassom suratini hayotga tatbiq etdi. Ushbu loyiha besh nafar homiy tomonidan moliyalashtirildi. Ularning har biri loyihaga besh ming yevrodan mablag‘ ajratdi.

Foto: TJournal

Homiylar minnatdorlik tariqasida Littmann va Peyntner tomonidan chizib, imzolangan suratlarga ega bo‘ldi.

Stadionda hammasi bo‘lib 300 ta tabiiy daraxt joylashtirilgan bo‘lib, Markaziy Yevropa uchun xos bo‘lgan quyuq o‘rmonni eslatadi.

O‘rmonni yaratishda rassomga landshaft arxitektori Enso Enea yordam berdi. Loyiha yakunlangach, hamma daraxtlar stadion yaqinidagi hududga qayta o‘tqaziladi.

Inshoot tashrif buyuruvchilar uchun 27-oktabrga qadar ochiq bo‘ladi. Stadionga kirish bepul.

Foto: TJournal