AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy va Shimoliy Koreya chegarasidagi qurolsizlangan hududda KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.

Foto: AP

Uchrashuvni AQSh va janubiy Koreya kanallari to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatdi. Mamlakat rahbarlari qisqa muzokaralar olib bordi. Janubiy Koreyaning prezidenti Mun Chje In AQSh prezidentini qurolsizlantirilgan hududga boshlab bordi. Bu AQSh, KXDR va Janubiy Koreyaning oliy darajadagi birinchi uch tomonlama uchrashuvi edi.

Tramp Kim Chen Indan oldinroq chegara oldiga keldi. AQSh prezidenti Janubiy Koreya prezidenti bilan birgalikda kuzatish punktiga tashrif buyurdi va u yerdan KXDRning pozitsiyalarini tekshirdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, qurolsizlantirilgan hududga qilgan safari bir necha oy oldin rejalashtirilgan edi, ammo Kim Chen In bilan uchrashish taklifi bunga turtki bo‘ldi.