Ukraina TIV Oliy Rada deputati Dmitriy Timchukning o‘limini tasdiqladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: “Gazeta.ru”

Dmitriy Timchuk “Xalq fronti” fraksiyasidan deputat etib saylangan edi. Uni o‘lib yotgan holida o‘z uyidan turmush o‘rtog‘i topgan va bu haqda politsiyaga xabar qilgan.

“Politsiyaga Dmitriy Timchukning o‘limi haqida xotini xabar bergan. U turmush o‘rtog‘ining boshidan o‘q yegan holda o‘z uyida topgan”, — deydi TIV matbuot kotibi Artyom Shevchenko.

Ukraina milliy politsiyasining rahbari Sergey Knyazov ushbu holat yuzasidan jinoiy ish ochilganini xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hol baxtsiz hodisa, ya’ni ehtiyotsizlik oqibatida bo‘lishi mumkin. Shuningdek, jinoiy ish degan taxmin ham bor.

Timchuk o‘lgan vaqtida uyda bir o‘zi bo‘lmagan, u yerda bo‘lgan ayol esa ko‘rsatma bermoqda.

Ukraina TIV deputatning o‘limiga uchta taxminiy sabab keltirdi.

Unga ko‘ra, fojianing sababi yoki qotillik, yoki o‘z joniga suiqasd qilish, yoki qurol bilan ehtiyotsiz munosabatda bo‘lgan.

Deputat 46 yoshda bo‘lgan.