Suriyadan qaytarilgan surxondaryolik 3 nafar ayolning 2 nafariga hozirda tibbiy, psixologik va sotsiologik yordam ko‘rsatilmoqda, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Viloyatga keltirilgan 1 nafariga esa ko‘p qavatli uy-joydan barcha sharoitlarga ega 2 xonali kvartira ajratildi. Marhum turmush o‘rtog‘ining uyidan uning shaxsiy buyumlari olib kelib berildi.

Bog‘cha yoshidagi katta farzandi maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirildi. Fuqaroga ishsizlik nafaqasi tayinlandi. Zamonaviy tikuv mashinkasi, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa sovg‘alar topshirildi.

“Menga ko‘rsatilayotgan mehr, hurmat-ehtiromdan boshim ko‘kka yetdi. Prezidentimizga katta rahmat. Boshqa yurtdoshlarimizdan biz qilgan xatolarni takrorlamasliklarini so‘rardim”, – deydi uy berilgan ayol.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati