“Real” PSJ hujumchisi Neymar transferi borasida bir necha variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

Foto: Marca

Marca’ning xabar berishicha, Madrid klubi 27 yoshli hujumchining transferiga jamoa yarim himoyachisi Kazemironi ham kiritmoqchi.

Qayd etish lozim, parijliklar ushbu transferlar oynasida tayanch yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolashni xohlayapti. Kazemiro esa Parij klubi uchun eng maqbul variant bo‘lishi mumkin.

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan braziliyalikning o‘yinidan ko‘ngli to‘q, biroq ayni damda uning pozitsiyasi jamoada asosiy rolni o‘ynamaydi. Shuning uchun klub futbolchini sotish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kazemiro o‘tgan mavsum La Ligada 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi hamda 1 ta golli uzatma berdi.

Neymar esa Fransiya chempionatida 17 ta uchrashuv o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 8 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!