O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-may oylarida 154,6 million dollarlik yengil avtomobillar import qilingan, deb yozadi Spot.

Foto: Spot

Shu bilan birga, o‘tgan yilga nisbatan import sur’ati pasayib ketdi.

Misol uchun, yil boshida xorijiy avtomobillarni import qilish hajmi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan deyarli 4 barobar, erta bahorda — 2,2 marta, hozir esa 1,9 martaga kamaydi. Shunday qilib, agar yanvar-fevral oylarida xorijiy avtomobillarning importi 90 million dollar bo‘lgan bo‘lsa, mart-may oylarida faqat 64 million dollarni tashkil etgan.