“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ qaror loyihasidan likyor-aroq ishlab chiqaruvchilarni barcha soliqlardan ozod etish to‘g‘risidagi bandni olib tashladi. Iqtisodchi Yuliy Yusupov bu boradagi fikrlari bilan o‘zining Facebook’dagi sahifasida bo‘lishdi.

Foto: Facebook / Yuliy Yusupov

‘O‘zbekiston temir yo‘llari’ AJ orqaga yurish qildi. Qaror loyihasida likyor-aroq ishlab chiqaruvchilarni barcha soliqlardan ozod etish to‘g‘risidagi bandni olib tashlashibdi. Shunaqasi ham bo‘lib turadi.

Ura!

‘O‘zcharmsanoat’ assotsiatsiyasi jamoatchilik va ekspertlarning tanqidiga javob tarzida oyoq kiyimlar importiga qo‘yiladigan boj borasidagi taklifni ko‘rib chiqdi.

‘O‘zcharmsanoat’ning dastlabki loyihasida import qilinayotgan oyoq kiyimlarga bojxona boj to‘lovlarini 10 foizdan 30 foizga ko‘tarish, bir juft oyoq kiyim uchun minimal chegarani esa 1,5 dollardan 5 dollargacha ko‘tarish taklif qilingan edi.

Endi assotsiatsiya faqat erkaklar oyoq kiyimi uchun 20 foiz boj to‘lovini o‘rnatishni taklif qilmoqda (bunga qadar barcha oyoq kiyimlar uchun edi), minimal chegara esa — 3 dollar. Ayollar va bolalar oyoq kiyimi uchun solinadigan boj to‘lovi o‘zgarishsiz qoladi.

Qattiqroq taqillatsangiz ularga ham yetib borar ekan. Bu odamni xursand qiladi.

Yuliy Yusupov, iqtisodchi