O‘zbekiston Professional futbol ligasiga rahbarlik qilib kelayotgan Omon G‘ofurov iste’foga chiqdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: PFL 

Tashkilot xabarida ta’kidlanishicha, Omon G‘ofurov boshqa ishga o‘tayotganligi sababli ishdan bo‘shash haqida o‘zi ariza yozgan. Qayd etish joiz, G‘ofurov Professional futbol ligasiga 2017-yilning 10-oktabridan buyon rahbarilik qilib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov iste’foga chiqqani haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!