AQSh jo‘g‘rofik nomlar bo‘yicha kengashi Kiyev nomini yozish qoidasini o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda Ukrainaning AQShdagi elchixonasi bergan ma’lumotiga tayanib Sputnik yozadi.

Foto: Sputnik

Ko‘rib chiqish uchun tegishli murojaatni elchi Valeriy Chaliy yubordi.

Kengash bir ovozdan xalqaro bazada Ukraina poytaxtini “Kiev”dan “Kyiv”ga o‘zgartirishga qaror qildi.

Umumiy bazaga 17-iyun kuni o‘zgartirish kiritiladi.

Elchixona ta’kidlashicha, bu qaror Kiyevning butun dunyoda, shu jumladan, xalqaro qatnovlarda va chet el aeroportlarida yozilgan matnni o‘zgartirish uchun muhim ahamiyatga ega.