Qozog‘istonning “Nur Otan” partiyasidan prezidentlikka nomzod va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘zining Instagram’dagi sahifasiga mamlakatdagi mashhur insonlar bilan tushgan selfi suratni joyladi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.

Foto: “Nur.kz”

Rasmda mamlakat prezidenti estrada yulduzlari hisoblangan Oltinoy Jo‘raboyeva, Kayrat Nusrat va Moldir Avvalbekova bilan yonma-yon turgani aks ettirilgan.

Surat tagiga To‘qayev “Qozog‘istonning estrada yulduzlari bilan” deb izoh qoldirgan.

Bir necha daqiqa ichida rasm minglab like yig‘gan va izohlarga to‘lib ketgan.

Oltinoy Jo‘raboyeva ikkala prezident — birinchi va amaldagi prezident bilan selfi suratga tushgan. Bundan tashqari, suratda san’atkor va deputat Bekpo‘lat Tleuxan ham bor.