Taniqli san’atkor, mashhur doirachi Rustam Ubaydullayev vafot etdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.

Foto: “Kun.uz”

Rustam Ubaydullayev 1952-yilning 2-sentabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Doira san’ati ustasi hisoblangan. O‘zbekiston xalq xofizi Faxriddin Umarov bilan 40 yildan ortiq vaqt davomida birga ishlagan.

Shundan so‘ng, umrining oxiriga qadar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiakbar Hamidov bilan ijod qildi.

Rustam Ubaydullayevning kenja o‘g‘li Doston Ubaydullayev ham ota kasbidan ketib, taniqli san’atkorga aylandi.