Toshkentda O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi a’zolari va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK vakillari o‘rtasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Foto: “Podrobno.uz”

Tomonlar 2019-yil bahor-yoz mavsumi jadvaliga uchta yangi ichki reyslarni qo‘shish haqida kelishib oldi, shuningdek, aeroport va samolyotlarda chet ellik mehmonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bir qator masalalar yechimlarini muhokama qildi.

Turoperatorlar mamlakat sayyohlik markazlari o‘rtasidagi reyslarni qayta tiklash va yangilarini ishga tushirish zarurligini ta’kidladi. Xususan, Urganch va Farg‘ona vodiysi shaharlarini bog‘lovchi reyslarni joriy qilish muhimligi qayd etildi.

Turoperatorlar va aviatorlar “Buxoro—Urganch” reysini ishga tushirish haqida kelishib oldi. Bundan tashqari, jadvalga juma kunlari “Toshkent—Urganch” kechki reysi qaytadi.