Gonkongga yopirilgan “Mangxut” to‘foni qurbonlari soni 362 nafarga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Avvalroq 213 nafar qurbon haqida xabar berilgan edi. To‘fon shaharga 16-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da yopirilgan. Shaharning bir nechta tumanida vaqtincha jon saqlash uchun joylar ochildi, ularda hozirda 1219 nafar kishi to‘plangan. Hukumat Call-markazlariga 179 ta daraxt qulagani haqida xabar kelib tushgan.

Shaharda kamida 889 ta aviareys bekor qilingan.