Toshkent shahrida kuz oylarida Rossiyaning Black Star Burger restorani ochilishi mumkin. Bu haqda “Repost.uz” ma’lum qildi.

Foto: “Repost.uz”

Restoran poytaxt markazida joylashtirilishi rejalashtirilgan.

Uning ochilish marosimiga ushbu brend asoschisi Timati kelishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu restoranlar tarmog‘i 2016-yilning sentabr oyida tadbirkor Yuriy Levitas, Timati, Pavel Kuryanov va Valter hamkorligida tashkil etilgan.

.