Samarqand shahrida yashovchi Z. H. ismli ayol va Sh.S. 18-iyul kuni Rudakiy ko‘chasi oldida bosqinchilikka qo‘l urdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

Ular tanishi, Bulung‘ur tumanida yashovchi G.K. ismli ayolni lezviya bilan qo‘rqitib, 450 ming so‘m puli va Samsung mobil telefonini olib, Spark avtomashinasida voqea joyidan yashirindi.

Mazkur holat yuzasidan ko‘rilgan choralar natijasida Z.H. va Sh.S.lar ushlandi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.