O‘zbekiston o‘tgan yili Ukrainadan o‘qotar qurollar turkumini xarid qildi. Bu haqda Ukraina qurol-aslahasi eksporti nazorati bo‘yicha davlat xizmatining 2017-yil yakunlari bo‘yicha hisobotida bildirilgan, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.

Foto: “Podrobno.uz”

“2017-yili Ukraina AQSh, O‘zbekiston, Iordaniya, Mug‘uliston va Turkiyaga 17 mingdan ortiq o‘qotar qurol, shuningdek, 800 dan oshiq yengil qurol-aslaha yetkazib berdi”, — deyiladi hisobotda.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonga o‘tgan yili  2000 ta avtomat va to‘pponcha-pulemyot yetkazib berilgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili AQSh Ukraina qurol-aslahasining asosiy xaridoriga aylandi: Kiyev Vashingtonga 15040 avtomat va to‘pponcha-pulemyot, 790 ta vintovka va granatomyot sotdi.