Hindistonning Rajastxon shtatida bir necha hind musulmonni sigir yetaklab yurganini ko‘rib, o‘lar darajada kaltakladi. Bu haqda Reuters ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Akbar ismli fermer va qochishga muvaffaq bo‘lgan yana bir erkak jonivorni qishloqqa olib ketayotganida ularga kamida 5 kishi tashlandi. Voqea joyiga kelgan politsiya jabrdiydani kasalxonaga yetkazishga urindi, biroq u yo‘lda hayotdan ko‘z yumdi.

“Biz tekshiruv olib boryapmiz. Gumonlanuvchilar hibsga olinadi”, — dedi politsiya vakili.