Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida 22-iyul kuni ro‘y bergan mahalladoshlarning mojarosi fojiali yakun topdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Google Images

Mazkur tumanda yashovchi F.S. uyi oldida o‘zaro janjal oqibatida mahalladoshi, “Humoyun Mirzo tulpori” fermer xo‘jaligi rahbari A.T.ning boshiga tosh bilan urib, jarohat yetkazdi.

Hodisa oqibatida A.T. voqea joyida halok bo‘ldi. F.S. qo‘lga olindi.