O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-iyul kuni Belgiya qiroli Filippni milliy bayram — Qirol qasamyodi kuni munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mazkur bayram 1890-yildan beri rasman nishonlab kelinadi. Unga Leopold I mamlakat Niderlandiyadan mustaqil bo‘lganidan so‘ng 1831-yil 21-iyulida Belgiyaning ilk qiroli sifatida e’tirof etilgani asos qilib olingan.