Xelsinkida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuni bo‘yicha qo‘shma matbuot anjumanida Putin Trampga sovg‘a qilgan  futbol bo‘yicha Jahon Chempionati to‘pi AQSh prezidenti xavfsizlik xizmati tomonidan tekshirildi. Bu haqda Business Insider’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Aytilishicha, AQSh prezidentiga berilgan har qanday sovg‘a xuddi shunday tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Putin to‘pni 16-iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Trampga “To‘p endi AQSh tomonida” so‘zlari bilan uzatgan edi. Amerikalik senator Lindsi Grem to‘pda eshitish qurilmasi bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rishni taklif qilgan.