PFL Pepsi Superliganing oldindagi bir qator mas’uliyatli uchrashuvlarni boshqarib borish uchun Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan JCh—2018 o‘yinlarida hakamlik qilgan referilarni O‘zbekistonga taklif etdi.

Foto: PFL

Unga ko‘ra 19-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan “Navbahor” — “Paxtakor” o‘yinini bahraynlik Navaf Shukrulla boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Yosir Halil Ibrohim Telfat hamda Navaf Shahin Halifa yordam beradi. Shukrulla boshchiligidagi brigada JCh—2018 da 2 ta uchrashuvni boshqardi.

Shuningdek, 20-turning markaziy o‘yini “Paxtakor” — “Lokomotiv” uchrashuvida eronlik Alirizo Fag‘oniy boshchiligidagi guruh ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Muhammadrizo Mansuriy va Rizo Suhandon yordam beradi. Fag‘oniy boshchiligidagi brigada JCh—2018 da 4 ta uchrashuvni boshqardi.

Pepsi Superliga

19-tur bellashuvi

28-iyul, shanba

“Navbahor” — “Paxtakor”

Bosh hakam: Navaf Shukrulla (Bahrayn)

Qanot hakamlari: Yosir Halil Ibrohim Telfat, Navaf Shahin Halifa (Bahrayn)

20-tur bellashuvi

1-avgust, chorshanba

“Paxtakor” — “Lokomotiv”

Bosh hakam: Alirizo Fag‘oniy (Eron)

Qanot hakamlari: Muhammadrizo Mansuriy, Rizo Suhandon (Eron)