Moliya vazirligi O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchilari hissasiga to‘g‘ri keladigan tushumlar haqida ma’lumot berdi.

Foto: Sputnik

20 ta eng yirik soliq to‘lovchi davlat byudjetiga tushumlarning uchdan bir qismini ta’minlab berdi.

Ularning eng ko‘pi “O‘ztransgaz” hissasiga to‘g‘ri keldi (5,1 foiz). Navoiy (5 foiz) va Olmaliq (3,1 foiz) tog‘-metallurgiya kombinatlari keyingi o‘rinlarda qayd etildi.

“Muborakneftgaz” ulushi 2, “O‘zBat” va Buxoro neftni qayta ishlash zavodiniki esa 1,8 foizdan iborat bo‘ldi.

Yirik soliq to‘lovchilar qatorida Beeline (1,5), “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” (1,4), Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, “Kizilkumsement”, “Osiyotransgaz” va “O‘zbekenergo” (barchasi 1,2 foizdan) ham ko‘rsatib o‘tilgan.

“Toshkentvino” kombinati, “Sho‘rtanneftegaz”, “O‘zKorGazChemikal” va Ucell 1 foizdan tushumni ta’minlab berdi.

Yigirmatalikni “O‘zbekiston temir yo‘llari” (0,9%), Coca-Cola (0,8 foiz), “Ohangaronsement” (0,6 foiz) va Muborak gazni qayta ishlash zavodi (0,5%) yakunlab berdi.