Irlandiyada dron yordamida shu vaqtgacha noma’lum bo‘lgan qadimiy qurilish izlari topildi. U qadimiy Stounxenjga o‘xshaydi va yoshi taxminan besh ming yilni tashkil qiladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Kuchli qurg‘oqchilik sababli fermer xo‘jaligi yerida diametri 150 metr bo‘lgan aylana ko‘rinib qolgan.

Mutaxassislarning fikricha, bu qurilish bir necha ming kishini o‘ziga sig‘dira olgan va marosimlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.

Inshoot Dublindan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan Boyn daryosi vodiysidagi Bru-Boyn arxeologik kompleksining tarkibi hisoblanadi.