Venetsiyada cho‘ntakkesarning qurboniga aylangan amerikalik sayyoh jinoyatchiga xat bilan murojaat qildi, unda saratondan o‘layotgani, rafiqasi bilan Italiyaga safar esa — uning hayotidagi so‘nggi sayohat ekanligini yozdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Maykl Vili ismli erkakning hamyonini Venetsiyadagi vaporetto (daryo tramvayi)lardan birida o‘g‘irlab ketishgan. Sayyoh politsiyaga murojaat qilgan, u yerda jinoyatchiga xat yozib, uni tarqatishni so‘ragan.

“Bu xatni ehtimol o‘qimasligingni ham, senga hammasi baribir bo‘lishini ham bilaman. Biz sizlarning ajoyib shahringizga 14-iyul kuni yetib keldik. Men sening navbatdagi qurboning bo‘ldim. Bu mening rafiqam bilan so‘nggi sayohatim. Men saraton tufayli o‘lim to‘shagidaman. Sen meni pulsiz va kredit kartalarimsiz qoldirding. Bu menga qanday ta’sir o‘tkazganini bir soniya tasavvur qilib ko‘r. Men kechirish uchun duo o‘qidim. Seni duo qilaman. Begunoh odamlar azob chekadigan gunohingdan qutul. Men seni kechiraman”, — deyiladi La Nuova Venezia nashri e’lon qilgan xatda.