“Shtutgart” hamda Fransiya terma jamoasi himoyachisi Benjamen Pavar “Bavariya”ga o‘tishi ma’lum bo‘ldi.

Foto: FIFA

Myunxenliklar futbolchi bilan JCh—2018 vaqtida shartnoma imzolash borasida kelishuvga erishgan. Ammo mundial vaqtidagi kelishuv faqat bir yildan so‘ng amalga oshar edi. Sababi o‘shanda Pavarni shartnomasidagi ko‘rsatilgan 35 million yevro tovon puli evaziga sotib olish mumkin bo‘lardi.

Ammo Pavarning Rossiya maydonlaridagi omadli ishtiroki “Bavariya” rahbariyati oromini o‘g‘irlab qo‘ygan ko‘rinadi. Shu boisdan ham myunxenlik bu transferni shu yil yozdayoq amalga oshiradi. Tez orada transfer e’lon qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq futbolchiga PSJ, “Tottenhem”, “Atletiko Madrid” kabi klublar ham da’vogarlik qilayotgan edi.