Davlat xavfsizlik xizmati Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv  tadbirlari davomida “Turkiston islom harakati” va keyinchalik “Islom jihodi ittihodi” xalqaro terroristik tashkilotlari a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Zokir Rahimov Turkiyaning Istanbul shahrida qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalida efirga uzatilgan ko‘rsatuvda ma’lum qilindi.

Kadr: YouTube

1973-yilda tug‘ilgan Zokir Rahimov 1994—1999-yillarda “Jihodchilar” DEO a’zosi sifatida jamoat yig‘ilishlarida ishtirok etib kelgan. U 1999-yilning fevral oyida yuz bergan voqealardan so‘ng turli ekstremistik oqimlar vakillari huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan so‘roq qilina boshlagach, Zokir Rahimov jinoiy javobgarlikka tortilishidan qo‘rqib, Toshkent viloyatining Bekobod tumani orqali Tojikistonga chiqib ketgan. U yerda “Turkiston islom harakati” terrorchilik tashkiloti safiga borib qo‘shiladi. Oilali bo‘lishiga qaramay Zokir Rahimov mazkur tashkilot a’zosi, qidiruvda bo‘lgan Aziza Norovaga ikkinchi xotin sifatida uylanib, unga Fotima Azimova deb ism berib, soxta Qirg‘iziston pasportini olib beradi.

Zokir Rahimov keyinchalik Afg‘oniston, Pokiston va Eronda faoliyat yuritayotgan terroristik tashkilotlarga borib qo‘shiladi.  Shuningdek, u Abdurahmonova Marhabo ismli qizga uchinchi xotin sifatida uylangan. Zokir Rahimov uch xotinidan to‘qqizta farzand ko‘rgan.

Hozirda DXX Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan Zokir Rahimovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

1999 yil fevral voqealari ishtirokchisi bo’lgan terrorchi Turkiyada ushlanib yurtimizga olib kelindi. U kim edi aslida?

1999 yil fevral voqealari ishtirokchisi bo’lgan terrorchi Turkiyada ushlanib yurtimizga olib kelindi. U kim edi aslida?

Geplaatst door Yoshlar tv op Donderdag 19 juli 2018