Joriy yil 5-iyul kuni Andijon shahrida fuqaro E.Z. go‘yo qorin qismida eski yarasi borligi va e’tiborsizligi oqibatida dardning rivojlanib ketishi oqibatida uyida vafot etadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Trend

Biroq, olib borilgan surishtiruv ishlari davomida marhum E.Z.ning uyida birga yashovchi o‘gay akasi R.A. bilan o‘zaro janjallashgani aniqlandi. Aka uning qorniga temir jism bilan urib, jarohat yetkazgan va bu o‘limga olib kelgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida R.A. qo‘lga olindi.