Andijon viloyatining Izboskan tumanida 18-iyul, chorshanba kuni voyaga yetmagan o‘smir bilan bog‘liq fojia yuz berdi. Bu haqda “Daryo” mobil muxbiri ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” mobil muxbiri

Tuman hududida poyezd temir yo‘l relsida o‘tirgan bolani bosib o‘tib ketgan. Guvohlarning aytishicha, o‘smirning qulog‘ida naushnik bo‘lgan.

Mazkur hodisa haqida hozircha rasman xabar berilmadi.