O‘zbekistonlik professional yengilmas bokschi Shohjahon Ergashev faoliyatidagi 14-jangini 19-avgust kuni Moskva shahrida o‘tkazishi haqida avvalroq xabar berilgandi. Ammo raqib bugunga qadar noaniq edi.

Foto: Telegram

Jangda Ergashev WBA International kamarini himoya qiladi. Raqib esa ugandalik Juma Vasva bo‘lishi ma’lum qilindi.

Vasva bungacha professional boksda 13 ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan (4 tasi nokaut). 2 ta jangda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, 1 ta to‘qnashuvda durang qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon shu kungacha professional ringda 13 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bahslarning 12 tasida esa u raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgan.