GM Uzbekistan o‘z Telegram-bot platformasi yangilanganini ma’lum qildi.

Foto: Facebook / GM Uzbekistan

Endilikda botdan ikki tilda (rus va o‘zbek tillarida) foydalanish, u orqali ariza holatini kuzatish (model, modifikatsiya, rang) va imzolangan shartnoma holatini ham kuzatish mumkin.

Shuningdek, bot orqali avtomobillar haqida ma’lumot olish, ularning narxlarini bilib olish, yangiliklardan xabardor bo‘lish mumkin.