Ishlab chiqarilganiga ikki yildan ko‘p bo‘lmagan va narxi 40 ming dollarga teng bo‘lgan yengil avtomobillarni 2019-yilning 1-yanvaridan bojxona to‘lovlarisiz olib kirish mumkin bo‘ladi, deb yozadi Spot.

Foto: Spot

Ularga nisbatan bojxona narxidan 20 foiz miqdorida aksiz solig‘i qo‘llaniladi.

Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan Tashqi iqtisodiy faoliyatni va bojxona-tarif tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining ilovasida ko‘zda tutilgan.

Boshqa avtomobillarga nisbatan boj to‘lovi va aksiz solig‘i o‘zgarishsiz qoldi.