Biroz oldinga yakuniga yetgan Angliya—Panama uchrashuvida 6:1 hisobi qayd etildi. Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn esa o‘z hisobiga 3 ta gol yozib qo‘ydi.

Foto: Google Images

Harri Panama bilan uchrashuvda 3 ta gol urib, xet-trik qayd etdi. Gollaridan 2 tasini penaltidan kiritgan bo‘lsa, yana biri yo‘l-yo‘lakay Panama o‘yinchisiga teggan holda darvozadan joy oldi. Bu orqali Keyn JCh—2018 to‘purarlari poygasida peshqadam bo‘lib oldi. Uning hisobida endilikda 5 ta gol bor. Keyndan keyingi o‘rinlarda 4 tadan gol bilan Krishtianu Ronaldu hamda Romelu Lukaku bormoqda.

Top-5:

  • 1. Harri Keyn (Angliya) — 5 ta gol (2 tasi penaltidan)
  • 2. Romelu Lukaku (Belgiya) — 4 ta gol
  • 3. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) — 4 ta gol ( 1 tasi penaltidan)
  • 4. Denis Cherishev (Rossiya) — 3 ta gol
  • 5.​ Diyego Kosta (Ispaniya) — 3 ta gol

Shuningdek, Harri Keyn mundiallar guruh bosqichida 3 tadan kam bo‘lmagan gol urgan 3-ingliz futbolchisiga aylandi. Avvalroq bunday natijaga 1982-yilda Gari Lineker hamda 1966-yilda Rojer Hant erishgan edi.

Bundan tashqari Harri Jahon Chempionati startidagi dastlabki ikki turda ham gol urgan ikkinchi angliyalik o‘yinchi bo‘ldi. Undan oldin 1962-yilda Ron Flauers ham shunday natija ko‘rsatgan edi.